Vaksinani Afrikada sinab ko‘rish kerakligi jamoatchilikning g‘azabini keltirdi

Olam

image

Fransuz olimlari SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini Afrikada sinab ko‘rish to‘g‘risidagi taklifni bildirdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu taklifga tanqidiy munosabatda bo‘ldi.

JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus bunday bayonot irqchilik ekanligini aytdi. Shuningdek, u bu bayonotni "mustamlaka mentalitetining yodgorligi", deb atadi.

"Afrika biron bir vaksinani sinab ko‘rishi poligoni emas va bunday bo‘lmaydi ham", deydi Gebreyesus.

Keyinchalik, ushbu so‘zlarni aytgan ikkala olim kechirim so‘rashgani ma’lum bo‘ldi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi olimlarning taklifi Fransiya rasmiylarining pozitsiyasini aks ettirmasligini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq 98 984 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 8 926 nafari sog‘aygan, 17 429 nafari esa vafot etgan.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Afrika Koronavirus Vaktsina

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing