Vaksina tayyor bo‘lsa barcha mamlakatlarga yetkazamiz – Xitoy

Salomatlik

image

Bir qancha koronavirus vaksinalari allaqachon Xitoyda sinovdan o‘tkazilmoqda. Mamlakat vaksina tayyor bo‘lsa butun dunyo bilan baham ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi rahbari Vang Chigang ma’lum qildi.

Chigangning so‘zlariga ko‘ra, vaksina uni mukammalligini tekshirish uchun o‘tkazilayotgan klinik sinovlar jarayoni tugashi bilanoq butun dunyo bo‘ylab tarqatiladi. Qayd etilishicha, Xitoyda klinik sinovlar bosqichidagi 2 ta vaksina mavjud.

Vazir Xitoy rahbari Si Sinpinning bergan va’dasini bajarilishini ta’kidladi. Xitoy rahbari COVID-19 ta’sir ko‘rsatgan mamlakatlarga ikki milliard dollar miqdorida yordam berishga, mamlakatda xalqaro xab tashkil qilishga va boshqa ko‘plab narsalarga va’da berdi. Vaksinani butun dunyoga taqdim etish ham mamlakat rahbarining va’dalaridan biri hisoblanadi.

Vazirning ma’lum qilishicha, mamlakatda beshta vaksina ishlab chiqilmoqda, ularning ikkitasi klinik sinovdan o‘tyapti. Klinik sinovlar qachon yakunlanishi ma’lum emas. Chunki, vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi eng muhim omil hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing