Vaksina bilan emlanishni xohlovchilar ichish va chekishdan tiyilishlari kerak

Salomatlik

image

Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilar emlashdan oldin spirtli ichimliklar ichishni to‘xtatishlari kerak. Bu haqda vaksinaning klinik sinov bayonnomasida yozilgan.  

"Preparatni qo‘llashdan oldin va keyin uch kun davomida spirtli ichimlik iste’mol qilishdan saqlaning", deyiladi hujjatda.

Shuningdek, chekishga mukkasidan ketgan ko‘ngillilar sigaretalar sonini kuniga 10 tadan oshirmasligi kerakligi qayd etilgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashakoning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi sinovlar davomida 300 dan ortiq odam emlangan. Ulardan 14 foizi mushaklardagi kuchsizlik va og‘riqdan shikoyat qilgan, ammo bu alomatlar bir kun ichida yo‘qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi 11 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ham Rossiyada tayyorlangan “Sputnik V” vaksinasini sotib olishga qiziqqan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev Hukumat vaksina sotib olish uchun mablag‘ ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sigaret Vaktsina spirtli ichimliklar

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing