Britaniyada 2008 yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotish taqiqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniya parlamenti “Tamaki mahsulotlari va veyplar to‘g‘risida”gi qonunni (Tobacco and Vapes Bill) yakuniy tarzda tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2009 yil 1 yanvarda yoki undan keyin tug‘ilgan barcha fuqarolar uchun sigaret sotilishiga umrbod taqiq joriy etildi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Ushbu qonun hujjati hozirda 17 yosh va undan kichik bo‘lgan fuqarolarning tamaki mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini butunlay yopish orqali “chekishdan xoli avlod” yaratishga qaratilgan. Qonun qirollik sanksiyasini (tasdig‘ini) olganidan so‘ng, vazirlarga tamaki, veyping va tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni, jumladan, ularning ta’m qo‘shimchalari va qadoqlarini tartibga solish bo‘yicha yangi vakolatlar beradi.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri ushbu hujjatni “tarixiy” va “bir avlod davridagi jamoat salomatligiga qilingan eng yirik aralashuv” deb atagan hamda bu ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishini ta’kidlagan. Taqiqning biznesga ta’siri haqidagi savolga vazir, hukumat salbiy oqibatlarni minimallashtirish uchun savdo vakillari bilan yaqin hamkorlik qilayotganini aytgan.

Ma’lumot uchun, qonun loyihasi Buyuk Britaniyaning chekishga qarshi ko‘p yillik siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi. Mamlakat allaqachon tamaki reklamasiga qat’iy cheklovlar, majburiy “oddiy” (reklamasiz) qadoqlash va sigaret sotib olish uchun yosh chegarasini oshirish kabi choralarni joriy etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya sigaret Tamaki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing