Vafot etgan 7 nafar san’atkor “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoniga munosib topilgan madaniyat va san’at sohasi vakillari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida yetti nafar vafot etgan sana’tkor ham bor.

Ma’lum qilinishicha, olamdan o‘tgan madaniyat xodimlaridan Dilbar Ikromova, Fathulla Ma’sudov, Abduraim Abduvahobov, Shuhrat Qayumov, Hoshim Arslonov, Klara Jalilova hamda Ruslan Sharipovlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov joriy yilning 30 avgust kuni 57 yoshida vafot etgandi Undan bir necha kun oldin Ma’sudovning  koronavirus-pnevmoniya xastaligi bilan Toshkentdagi xususiy shifoxonada bir necha kundan buyon davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova joriy yilning 25 avgust kuni 73 yoshida vafot etgandi. Aktrisa bir oydan buyon koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan bo‘lgan.

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida vafot etdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov joriy yilning 29 may kuni 64 yoshida vafot etgandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov joriy yilning 22 sentyabr kuni 51 yoshida vafot etdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova joriy yilning 20 noyabr kuni 82 yoshida vafot etdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli musiqachi va bastakor Ruslan Sharipov joriy yilning 28 iyul kuni 54 yoshida vafot etdi. Uning vafotiga insult kasalligi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing