Rossiyada isyon ko‘targan o‘zbekistonlik ishchilarning 11 nafari hibsga olindi
Olam
−
21 iyul 2020
13333Rossiyaning Amur viloyatida joylashgan “Gazprom”ning Amur gazni qayta ishlash zavodida 13 iyul kuni yuz bergan ishchilar isyoninig 11 nafar “faol” ishtirokchisi hibsga olindi.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari, ya’ni pudratchi tashkilot xodimlari o‘rtasida patent uchun to‘lovlarni amalga oshirish manbalari bo‘yicha o‘zaro kelishmovchiliklar sabab ushbu tartibsizlik kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan Amur viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksi 213-moddasi 2-qismi (bezorilik), Hududiy tergov qo‘mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 212-moddasi 2-qismi (ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Amur gazni qayta ishlash zavodida ishlovchi o‘zbekistonliklarning muammosi hal qilingani, ammo tergov harakatlari o‘tkazilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi