Vetnamda oltin qoplamali mehmonxona ochildi
Olam
−
06 iyun 2020
6150Vetnam poytaxtida besh yulduzli "Dolce Hanoi Golden Lake" mehmonxonasi ochildi. E’tiborli tomoni ushbu mehmonxonaning ichki va tashqi bezaklari oltin bilan qoplangan.
Muassasaning rasmiy saytida aytilishicha, barcha mebel jihozlari, idishlar va 342 ta xonaning har bir jihozlari toza tilladan ishlangan. "Dolce Hanoi Golden Lake" mehmonxonasi o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida qurilgan va hozircha u ko‘p e’tiborni jalb qilmadi. Keyinchalik oltin rangga kirishi davomida unga qiziquvchilar ko‘payib bordi.
Xanoy markazida joylashgan mehmonxona 25 qavatdan iborat. Mehmonxonada turar joy narxi kuniga 250 dollarni tashkil qiladi.
Bu bezatish uchun oltindan foydalangan birinchi mehmonxona emas. Oltin qoplamali lift bilan Dubayning "Burj Al-Arab", Las-Vegasdagi "Tramp" xalqaro mehmonxonasi, shuningdek, oltin bilan zeb-ziynatlangan devorlar va shiftlarga ega Abu-Dabidagi Amirlik saroyi shunday binolar safiga kiradi.