Vetnam Prezidenti iste’foga chiqdi
Olam
−
20 mart 2024 8502 1 daqiqa
Hukmron Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Vo Van Txiongning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda bugun, 20 mart kuni “Vetnam ovozi” radiostansiyasi xabar berdi.
Shuningdek, u Siyosiy byuro a’zosi va Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasining doimiy a’zoligini ham to‘xtatgan. Endi prezidentning iste’fosi Vetnam Milliy Assambleyasi (bir palatali parlament) tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 53 yoshli Vo Van Txiong partiya nizomining bir qancha bandlarini buzgan va buning ortidan jamoatchilikning salbiy reaksiyasiga duchor bo‘lgan. Oqibatda u iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berishga qaror qilgan. Bu Markaziy Qo‘mitasi yig‘ilishida ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Vetnam parlamenti 2023 yil 2 martda Vo Van Txiongni Prezident etib tayinlagandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 mart kuni Irlandiya Bosh vaziri Leo Erik Varadkar o‘z lavozimi va markaziy konservativ "Fine Gel" partiyasi raisligini tark etgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025