Vetnam bozorlarida koronavirusning “yashirin manbasi” aniqlandi

Olam

image

Vetnam bozorlarida sotilgan yovvoyi hayvonlar orasida oddiy kalamushlarning uchdan bir qismi va har o‘n oltinchi bambuk kalamushidan biri koronaviruslarning turli shtammlarini tashuvchisi ekanligi aniqlandi. Ushbu hayvonlar navbatdagi epidemiyaning manbai bo‘lishi mumkin. Olimlarning bu haqdagi fikrlari bioRxiv elektron ilmiy kutubxonasida e’lon qilingan maqolada keltirildi.

"Biz hayvonlarni tutib olishdan tortib, restoranlargacha yetib borish davrini o‘rgandik. Shu yo‘l bilan virus yuqtirgan hayvonlarning soni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganini aniqladik. Ushbu viruslarni odamlarga yuqtirish xavfini kamaytirish uchun biz yovvoyi hayvonlarni ovlash, sotish va tashishni cheklashni maslahat beramiz", deb yozadi olimlar.

Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi nafaqat inson tanasiga, balki boshqa ko‘plab sut emizuvchilarga ham kirishi mumkin. Yaqinda biologlar va veterinar shifokorlar bu hayvonlar sirasiga makaki maymunlari, yumronqoziqlar va mushuklar kirishini aniqlashdi. Infeksiya ularga deyarli odamlarga ta’sir qiladigan darajada ta’sir qiladi.

Epidemiologlarning ta’kidlashicha, kasallikning asl manbai xitoy ko‘rshapalaklari bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jonivorlarning go‘shti Uxan bozorlarida sotilgan. Shunga qaramay, zoolog va hayvonlarning yuqumli kasalliklari bo‘yicha mutaxassislari koronavirus infeksiyasining yuqumli kasalliklar avlodini izlashni davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing