Vetnam Bosh vaziri Prezident etib saylandi
Olam
−
05 aprel 2021
3696Vetnam Sotsialistik Respublikasining bir palatali parlamenti Bosh vazir Nguyen Suan Fukni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi.
2016 yildan buyon Vetnam Bosh vaziri lavozimini egallab kelayotgan Nguyen Suan Fuk nomzodi Milliy Assambleya deputatlarining 97,08 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Vetnam Konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament mamlakat rahbariyatini tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolatiga ega bo‘lgan eng yuqori hokimiyatdir.
Nguyen Suan Fuk tajribali rahbar sifatida tanilgan. 2006 yildan beri u markaziy Hukumatda ishlab kelmoqda, dastlab u Vetnam Sotsialistik Respublikasi Davlat auditi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, keyinchalik Hukumat kansleri idorasi rahbari va Bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016 yilda u Vetnam Hukumatining rahbari bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nguyen Suan Fuk Nguyen Fu Chongning o‘rnini egalladi.
Nguyen Fu Chong nomzodi 2018 yilning oktyabr oyida saylangan. U og‘ir kasallik tufayli vafot etgan, 2016 yildan 2021 yilgacha mamlakatni boshqarishi kerak bo‘lgan Prezident Chan Day Kuang o‘rnini egallagandi.