O‘zJOKUda o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’lim davom ettiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘quv yili yakuniga qadar onlayn ta’lim tizimiga o‘tdi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

“Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda bakalavriat, sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha talabalar, qolaversa magistraturada tahsil olayotgan 1-kurs talabalari (2-kurs, magistraturani tamomlayotgan talabalardan tashqari) o‘qishni onlayn davom ettirishga kelishildi. Bilasiz, hozirda aniqlanga “afrikancha shtamm” oddiy COVID-19 dan ko‘ra ancha xavfli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, sizning salomatligingiz biz uchun hamma narsadan ustun va muhimroq”, deyiladi OTM xabarida.

Qayd etilishicha, o‘quv jarayonini o‘quv bo‘limi nazorat qilib boradi.

Qolaversa, universitet yotoqxonasiga karantinga olingan talabalar ham 24 aprel, ya’ni shanba kundan o‘z uylari tomon yo‘l olishlariga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba O'zJOKU

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing