O‘zTestda katta o‘g‘rilik yuz berdi

3-sahifa

image
“Otning kallasidek” oylik olgan O‘zTest direktori lavozimidan “uchdi”  north_east

“Otning kallasidek” oylik olgan O‘zTest direktori lavozimidan “uchdi” 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi davlat muassasasi” (O‘zTest) davlat muassasasining Buxoro viloyat hududiy filialida katta o‘g‘rilik qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgan. Hududiy filialda 1 tonna 200 kilogramm va umumiy narxi 150 million so‘m miqdorida bo‘lgan “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gaz balonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan. 

Shuningdek, O‘zTestda 6 milliard so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflab yuborilgan.

Tashkilot matbuot xizmati hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zTest elektromobillar tekshiruvi bo‘yicha video e’lon qilgan blogerni jazolattirmoqchiligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing