“O‘zsanoatqurilishbank” “AsiaMoney” tomonidan taqdirlandi

Biznes

image

“AsiaMoney” jurnali tomonidan o‘tkazilgan “2020 yilning eng yaxshi banki” (Best bank awards 2020) tanlovida “O‘zsanoatqurilishbank” “Eng yaxshi mahalliy bank” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib, deb topildi.

Nashr ekspertlari bankni mamlakatdagi eng yirik kredit muassasasi sifatida qayd etib, so‘nggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy yil 1 fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank”ning aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga o‘sib, 35,4 trln. so‘mni tashkil qilgan.

Nashr bankning 2018 yilda o‘tkazgan rebrending ishlariga, maxsus ishga tushirilgan SQB Premium ofisi faoliyatiga hamda davlat miqyosidagi keng infratuzilmasiga to‘xtalib, “garchi muassasa raqamli banking inqilobiga ishonsa-da, mamlakatdagi eng katta mijozlar bazasiga ega tashkilot sifatida o‘z xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini rivojlantirishda davom etmoqda”, deya fikr bildirgan.

“AsiaMoney” xabarida “O‘zsanoatqurilishbank”ning o‘tgan yil noyabr oyida London fond birjasida joylashtirgan 300 mln. dollar hajmidagi yevrobondlari ahamiyatiga alohida to‘xtab o‘tilgan. Jahon fond bozoriga chiqishda O‘zbekiston banklari orasida ilk muhim qadam bo‘lganligi ta’kidlangan.

Shuningdek, tahlilchilar bankning kredit siyosatini ham yuqori baholab, mamlakatning dunyo moliya bozoriga integratsiyalashuvida omil bo‘luvchi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi alohida tilga olingan.

Bank asosiy korporativ kredit tashkiloti ekanligi, xususan, 2019 yilda kredit resurslarining 49 foizi yirik korxonalarga, 40 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, qolgan qismi esa chakana mijozlarga ajratilganligi dalil qilib keltirilgan. 

“O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Ammo “O‘zsanoatqurilishbank” kabi kredit tashkilotlari ko‘magi bilan ushbu jarayonlar yanada jadallashishi shubhasizdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun. “Best bank” tanlovi xalqaro nufuzli moliyaviy nashr – AsiaMoney jurnali tomonidan har yili an’anaviy tarzda Osiyo Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar banklari o‘rtasida o‘tkazib kelinadi. Bunda har bir mamlakat banklarining so‘nggi 1 yilda qaysi yo‘nalishlarda faol ish yuritganini baholash maqsad qilingan. G‘oliblar “Eng yaxshi mahalliy bank”, “Eng yaxshi korporativ va investitsiya banki”, “Eng yaxshi xalqaro bank”, “Kichik va o‘rta biznesga eng yaxshi xizmat ko‘rsatgan bank”, “Eng yaxshi raqamli bank”, “Korporativ ijtimoiy mas’ullik jihatidan eng yaxshi bank”, “Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi bank” kabi nominatsiyalar doirasida rag‘batlantiriladi.

Bank Axborot xizmati
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bank O'zsanoatqurilishbank

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made