“O‘zmetkombinat”ning 42 yashar raisi vafot etdi

Jamiyat

image

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Anatolevich Vyunenko vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Sergey Vyunenko 1978 yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. Yevroosiyo Innovatsion universitetini tamomlagan. Butun umrini metallurgiya sanoatiga bag‘ishlagan. 

Mehnat faoliyatini 1998 yilda “Qozog‘iston alyumin” aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik yirik metallurgiya korxonalarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

“Sergey Vyunenko metallurglarning farovonligi va turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratar edi. Sergey Vyunenko Toshkent viloyati aholisi qalbida malakali va tajribali rahbar sifatida abadiy qoladi”, deyiladi xabarda.

42 yashar Sergey Vyunenkoning nima sababdan vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zmetkombinat Sergey V'yunenko

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing