“O‘zmetkombinat”ga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 20 yanvar kuni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov ham qatnashdi.

“O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.

Kuzatuv kengashi shu kuni Dilshod Axmedovni kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu lavozimga ham malakali va tajribali mutaxassis, ishlab chiqarish tashkilotchisi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zmetkombinat Rashid Pirmatov

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing