O‘zLiDepning deputatlikka nomzodi sudda yutqazdi

Jamiyat

image_2019-12-18_09-15-54

Avvalroq, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi qo‘yilgan shaxs o‘z saylovoldi tashviqotini qonunga zid tarzda olib borgani aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy ish ochilgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 18 dekakbr kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudida O‘zbekiston Respublikasit MJtKning 51-5-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik yuzasidan 1992 yil 19 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, Toshkent shahar 38-Olmazor saylov okrugidan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod, Yunusobod tumani 2-tor Iftixor ko‘chasi 13-uyda yashovchi Ahmedov Abror Mahamatqobil o‘g‘liga nisbatan ma’muriy ish ochiq tartibda ko‘rib chiqildi.

Abror Ahmedov “Komil Bek Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari hamda “Discuss” MCHJ direktori hisoblanadi. 

Sud majlisiga sudya B.Qayumov raislik qildi.

Sudning aniqlashicha, Abror Ahmedov saylovoldi tashviqotini olib borish tartibiga ya’ni tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borgani aniqlandi. U joriy yilning 15 dekabr kuni Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” MFY va 16 dekabrda “Katta Chilonzor-2” MFY hududida o‘tkazilan yarmarkada ishtirok etib, O‘zLiDep logotipi joylashtirilgib, o‘z shirkati ishlab chiqargan un va yog‘ mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib, saylovchilar bilan chrashib, tashviqot olib borgan.

Ayblanuvchi Abror Ahmedov sud majlisida qilmishiga iqror bo‘lmay, har yili bayram oldi xalqqa yordam berish uchun yarmarka tashkillashtirishi, bu ishi saylovoldi kampaniyasiga aloqador emasligini aytib, odilona qaror chiqarilishini so‘ragan.

Sud guvohlarni tinglab, Abror Ahmedovni aybdor deb topdi. Shu bilan birga, ayblanuvchi avval sudlanmagani va boshqa yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olib, bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida 1 mln 561 ming so‘m jarima tayinladi.

Ayblanuvchiga qarordan norozi bo‘lgan taqdirda kassatsiya idorasiga murojaat qilish tartibi tushuntirildi.


Maqola muallifi

Teglar

deputat O'zLiDep

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing