Sobiq deputat jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortildi
Olam
−
02 may 4723 1 daqiqa
Qirg‘iziston parlamenti – Jogorku Keneshning sobiq deputati bo‘lgan Elmirza Sotiboldiyev jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda O‘sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 1 may kuni Xalqaro mehnat bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir vaqtida Sotiboldiyev markaziy stadionida sigaret chekayotgani aks etgan video tarqalgach, unga nisbatan jarima qo‘llanilgan.
Militsiya vakillarining ta’kidlashicha, jarima qonunchilikka muvofiq qo‘llanilgan bo‘lib, qonunlarga rioya qilish barcha fuqarolar uchun bir xil majburiy ekani qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 83-moddasiga ko‘ra, belgilangan joylardan tashqarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jismoniy shaxslar uchun 30 hisoblash ko‘rsatkichiga teng jarimaga sabab bo‘ladi. Bu esa 3 ming qirg‘iz somi (taxminan 450 ming so‘m)ga teng.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekov ham jamoat joyida chekkani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.
Live
Barchasi