O‘zLiDePdan saylangan 2 deputat Spiker o‘rinbosari etib saylandi
Jamiyat
−
18 noyabr
3927Deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Spiker o‘rinbosarlari etib saylandi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Toshkent shahrida yangi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisida ma’lum qilindi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi qarorini Siyosiy partiyalar vakillari kengashi raisi Aktam Xaitov o‘qib eshittirdi.
Unga ko‘ra, O‘zLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xo‘jayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi.
Shundan so‘ng, O‘zLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimov ham Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadi.
Ushbu qonunga ko‘ra, Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylangandi.
LiveBarchasi