Jizzakh cyber arena'da O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Xaitov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
Jamiyat
−
23 Oktabr
1814“Va’da emas, natija - ertaga emas, bugun” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda partiyaning kelgusi besh yillikka mo‘ljallangan saylovoldi dasturida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalarni rivojlantirish, sun’iy intellektdan unumli foydalanishni rag‘batlantiruvchi huquqiy va moliyaviy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratishi ta’kidlandi.
Shuningdek, sportni yanada ommalashtirish ham partiyaning doimiy diqqat markazida bo‘ladi. Yosh avlodni IT sohasi va sportga keng jalb etish, yoshlar uchun manfaatli ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida tizimli ish olib borish, yoshlarni hunar va zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga o‘qitish borasida O‘zLiDePning puxta ishlangan rejalarini amalga oshirish mumlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.
“Partiya saylovoldi dasturida fuqarolarni maqbul uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan¨ deydi uchrashuvda ishtirok etgan Shahlo Hoshimova.
O‘zLiDePning sohaga 15 milliard dollar yo‘naltirish orqali 1 million xonadonli uy-joy qurish rejasi ko‘pchilik qatori yoshlarni ham xursand qildi. Shu sabab, ular bo‘lajak saylovda O‘zLiDeP qo‘llab-quvvatlab ovoz berishini bildirdi.
LiveBarchasi