O‘zLiDeP qimmat avtomashinalar xarid qilyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi 2024 yilda 15 dona Chevrolet Tracker, 1 dona Chevrolet Traverse va 1 dona Kia K5 sotib olishga qaror chiqargani haqida xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.  Mazkur holat yuzasidan partiya rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, partiya 2024 yil byudjetida mashina xarid qilishni ko‘zda tutmagan va joriy yilda birorta ham avtomashina xarid qilinmaydi. 

“Partiyamizning 2024 yil uchun tasdiqlangan byudjetida xizmat avtomashinalarini xarid qilish uchun mablag‘ ajratilmagan va ko‘zda ham tutilmagan. Shu sababli partiyamiz 2024 yilda birorta ham qimmatbaho avtomashinalar sotib olinmasligini ma’lum qiladi”, deyiladi O‘zLiDeP bayonotida.

O‘ralova  Charos


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zLiDeP avtomashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing