O‘zini 3-qavatdan tashlagan 11-sinf o‘quvchisi bo‘yicha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahridagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashlagani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Keltirilishicha, mazkur voqea bugun, 14 aprel kuni taxminan soat 10:15 larda Bektemir tumanidagi 289-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Katta tanaffus chog‘ida 11-sinf o‘quvchisi S.A. maktabning ichki bino qismi 3-qavati oynasidan tashqariga qaraganida o‘z muvozanatini yo‘qotgan va pastga tushib ketgan. 

Shundan so‘ng, o‘quvchilar bu haqda maktab ma’muriyatini xabardor qilgan. Maktab hamshirasi o‘quvchi S.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan, so‘ngra u shifoxonaga yetkazilgan. Ayni paytda S.A.ning salomatligi yaxshi va jarohat olmagan.

Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab 11-sinf o'quvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing