“O‘zimiznikidan voz kechmaymiz”. Zelenskiy Donbass va Qrim qaytarilishini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishg‘ol qilingan Donbass va Qrim faqat diplomatiya yo‘li bilan qaytishiga ishonadi. Ukraina o‘z hududlarini berish niyatida emas. Bu haqda uning videomurojaatiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar bermoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyo Yevropa va butun qit’aning xavfsizligi Ukraina hamda uning armiyasiga bog‘liqligini tan oladi. 

“Biz tinchlikka intilamiz va barcha masalalarni faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchimiz. Donbass ham, Qrim ham Ukrainaga qaytadi. Faqat diplomatiya yo‘li bilan. Biz birovnikiga tajovuz qilmaymiz, lekin o‘zimiznikidan ham voz kechmaymiz”, deydi u. 

U, shuningdek, ukrainaliklar o‘z Qurolli Kuchlariga ishonishini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaatida 16 fevral davlat bayrami — Ukraina Birligi kuni bo‘lishini ma’lum qilgani aytilgandi.  

Qayd etish kerakki, Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti. AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.  

O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim Donbass

Baholaganlar

603

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing