O‘zi va ikki bolasini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol kechirim so‘radi

Jamiyat

image
O‘zi va bolalarini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol voqea tafsilotlarini gapirib berdi north_east

O‘zi va bolalarini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol voqea tafsilotlarini gapirib berdi

Avvalroq, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ayol o‘zi va ikki farzandini “Do‘stlik” kanaliga oqizib, joniga qasd qilishga uringani haqida xabar bergan edik.

Keyinroq, ayol Sirdaryo viloyati, Shirin shahri obodonlashtirish boshqarmasida ishlovchi turmush o‘rtog‘i telefoniga javob bermagani uchun jahli chiqqani, rashk ustida nojo‘ya gaplarni gapirganini aytdi.

Hozirda holat Toshkent viloyati prokuraturasi va viloyat IIBB tomonidan nazoratga olingan. Ayolning o‘zi esa O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi.

“Butun O‘zbekiston xalqiga bugundan keyin bolalarimni oq yuvib, oq tarashga va’da beraman. Bolalarimni suvga tashlash niyatim yo‘q edi. Asabim qo‘zib turgani uchun og‘zimdan o‘sha fikrlar chiqib ketgan, tan olaman. Uzr so‘rayman”, degan ayol “Sevimli” telekanali lavhasida.

Eslatib o‘tamiz, ayolni kanal oldida bolalarini suvga tashlash niyatida turganida Shirin shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Bekobod

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing