O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5-8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumani tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 4-7 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning 9 viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Namangan O'zgidromet qor ko'chish xavfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing