O‘zgidromet sel xavfidan ogohlantirdi

Bu qiziq

image

2021 yil 1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Markaz ertaga, 2 avgust kuni Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanida tog‘li hududda yong‘in boshlandi. Yong‘in ortidan esa yomg‘ir boshlandi. FVV so‘nggi bor o‘rmon yong‘inlarini bartaraf qilish bo‘yicha qo‘shimcha kuchlar jalb qilingani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

254

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing