O‘zgidromet “Qamchiq”da kuchli yog‘ingarchilik va shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
18 yanvar 2022 5335 1 daqiqa
Ertaga, 19 yanvar kuni "Qamchiq" dovoni yo‘lida haydovchilar uchun noqulay ob-havo yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shu kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Bundan avval “O‘zgidromet” respublikaning tog‘li hududlarida 19 yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.