Universiadada o‘zbek tennischisidan yana bir medal

Sport

image

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlarining o‘ninchi kunida o‘zbekistonlik tennischi terma jamoa hisobiga kumush medal yozib qo‘yishga muvoffaq bo‘ldi.

Musobaqada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida Humoyun Sultonov Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga chiqib, birinchi setida tay-breykda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi setlarda 6:3, 6:1 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi hamda terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning juftlik bahslarida Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftiligi O‘zbekistonning Universiada o‘yinlari tarixidagi tennis bo‘yicha ilk oltin medalini qo‘lga kiritishgan edi.

Shu tariqa, Unversiadaning tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida vakillarimiz bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Universiada-2019

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing