Nadal tennisdan ketganidan so‘ng ilk bor kortga qaytadi

Sport

image

Ispaniyalik sobiq tennis yulduzi Rafael Nadal o‘z tennis akademiyasining 10 yilligi munosabati bilan professional sportdagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ilk bor ko‘rgazmali o‘yinlarda ishtirok etadi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniyalik sportchi nomlari hozircha oshkor etilmagan bir nechta taniqli sportchilar bilan birga qator ko‘rgazmali uchrashuvlarda maydonga tushadi. Bu Nadal 2024 yil kuzida professional tennisdagi faoliyatini yakunlaganidan keyin muxlislar oldida raketka ushlashi bilan bog‘liq ilk tadbir bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, ko‘rgazmali turnirni joriy yilning 3 oktyabr kuni boshlash rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Nadal faoliyati davomida 22 ta “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib chiqqan. Uning hisobida “Rolan Garros”dagi rekord darajadagi 14 ta chempionlik ham bor. Shuningdek, ispaniyalik tennischi ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2008 yilda yakkalik, 2016 yilda esa juftlik bahslarida Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Nadal professional faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini 2024 yil noyabr oyida Devis kubogi chorak finalida niderlandiyalik Botik van de Zandsxulpga qarshi o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing