O‘zbekistonning birinchi raketkasi o‘zgardi

Sport

−

image

Ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) tennischilar reytingini yangiladi. Unda o‘zbekistonlik 22 yoshli tennischi Mariya Timofeyeva 63-o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi.

Bu ko‘rsatgich Mariya Timofeyeva faoliyatidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Uning avvalgi shaxsiy rekordi 68-o‘rin edi.
Mariya Pekinda o‘tkazilgan WTA 1000 turnirida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, uchinchi bosqichga qadar yetib bordi. Ushbu natija tennischiga 135 reyting ochkosini taqdim etdi va shaxsiy rekordini yangilashiga yordam berdi.

Avval O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova hisoblangan. Yangi reytingda Kamilla 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Mariya 63-pog‘onaga ko‘tarildi. Shu tariqa, Mariya Timofeyeva O‘zbekiston ayollar terma jamoasining birinchi raketkasiga aylandi.

O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova esa 2 pog‘ona yuqorilab, 102-o‘ringa ko‘tarildi.

WTA yuqori uchligida o‘zgarish kuzatildi. Birinchi o‘rinda joriy yilgi mavsum “US Open” chempionligini qo‘lga kiritgan Yelena Ribakina borayotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni belaruslik Arina Sobolenko band etgan. Kuchli uchlikdan esa 2 pog‘ona ko‘tarilishga erishgan rossiyalik Mirra Andreyeva joy olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing