O‘zgartirilgan Konstitutsiya. Kreml xorijiy tanqidchilarga keskin javob berdi
Olam
−
03 iyul 2020
8619Avval xabar berganimizdek, 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni ma’qullash bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni mamlakat aholisining 77,92 foizi ma’qulladi. 21, 27 foiz saylovchi tuzatishlarga qarshi bo‘ldi.
Ammo jahondagi ayrim mamlakatlar RF Prezidenti Vladimir Putinni tutgan ushbu siyosatini ma’qullamadi. Xorijda ushbu ovoz berish bilan bog‘liq turli munozaralar bo‘lmoqda. Putinning ushbu ishi ochiq tanqid qilinmoqda. Bugun, 3 iyul kuni RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Rossiya boshqa mamlakatlarning RF Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlarga bildirgan fikrlarini hisobga olish niyatida emas”, dedi u.
Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva qabul qilingan tuzatishlar haqidagi qator mamlakatlarning tanqidiy bayonotlari bilan yaxshi tanish ekanligini aytib o‘tdi. "Ammo biz ularning e’tiborini hisobga olishga tayyor emasmiz", dedi Kreml vakili.
Uning ta’kidlashicha, "Rossiya, shubhasiz, xalqaro huquq asoslari va normalariga, xalqaro huquqning ruhi va harflariga sodiqligini saqlab kelgan, saqlab kelyapti va bundan keyin ham bu davom etadi."
"Ammo shu bilan birga, Rossiya, avvalo, o‘z suverenitetiga sodiq qoldi va shunday bo‘lib qoladi, bu hech qanday xalqaro huquqqa zid kelmaydi", dedi Peskov.
LiveBarchasi