O‘zgalarning pullarini o‘zlashtirishga uringan IIB, soliq, Milliy gvardiya xodimlari ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro, Namangan va Andijon viloyatlarida o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirishga uringan Ichki ishlar boshqarmasi, soliq, Milliy gvardiya xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati Kogon tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizani o‘zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib berish evaziga 1300 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlatobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori mas’uliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida MCHJga 383 mln so‘mlik foyda solig‘i qo‘shimcha hisoblangani va ushbu pul mablag‘i MCHJ tomonidan to‘lanishi kerakligini aytadi. Lekin, u soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali ushbu summani bartaraf etib berish evaziga MCHJ vakilidan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, Milliy gvardiyaning Andijon viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi safdor xodimi yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Milliy gvardiya Buxoro Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing