“O‘zekspomarkaz”dagi vaqtincha statsionar koronavirus bemorlari uchun emas. Unda kimlarga?

Jamiyat

photo_2020-07-18_23-17-41

Avvalroq, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilonida koykalar joylashtirilib, vaqtinchalik statsionarga aylantirilayotgani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent shahar hokimligi Matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev bilan bog‘landi.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, “O‘zekspomarkaz” paviloni COVID-19 kasalligiga gumon qilinayotgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish va taqsimlash markaziga aylantirilyapti.

“Hozir odamlarda biroz issig‘i chiqsa ham qo‘rqyapti. Shifoxonaga borsa, qabul qilmayapti. Ba’zilar vahima qilib, keyinroq birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘ziga kelib, uyiga ketyapti. Shunday fuqarolarni joylashtirish uchun markaz ish boshlayapti”, dedi Furqat mahmudxo‘jayev.

Bu yerga kelganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Haqiqatda kasallik adomatlari bo‘lsa, tez tibbiy yordam avtomobillarida shioxonaga olib boriladi.

“Ba’zi hollarda alomatsiz bemorlar shifoxonaga yotqizilib, ahvoli og‘irlar uyda qolib ketyapti. Bu filtr bo‘ladi. Fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lsa, siz kasal emassiz deb psixologik yordam ko‘rsatib, uyiga javob beriladi yoki boshqa kasalliklari bo‘sa o‘sha bo‘yicha yo‘naltiriladi”, dedi hokimlik Matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, hozirda 500 ta shunday o‘rinlar tayyorlanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

699

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing