O‘zDJTU Filologiya fakulteti talabasi nega o‘zini o‘ldirgani mavhumligicha qoldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o‘zini o‘quv binosining to‘rtinchi qavatidan tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik. Holat jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

Mazkur mudhish voqea sodir bo‘lganidan uch oy o‘tib, hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

BP ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 29 aprel kuni soat 08:10 da Uchtepa tuman IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 20-22 yoshlar atrofidagi talabasi o‘quv binosining to‘rtinchi qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Aniqlanishicha, mazkur universitetning Filologiya (ingliz) fakulteti 2-bosqich talabasi Namangan viloyati, Turaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan B.F. oliy ta’lim muassasasi ma’muriy binosining 4-qavatida joylashgan ma’ruzalar xonasining deraza-oynasidan o‘zini yerga tashlab, o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan.

SSV Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali morfologiya bo‘limining 24 maydagi 407-sonli xulosasiga ko‘ra, 2001 yil 22 mayda tug‘ilgan B.F.ning o‘limi qo‘shma jarohat fonida ko‘krak qafasi va qorin yopiq to‘mtoq jarohatlari: to‘sh suyagi va chap tomonlama qovurg‘alar yopiq sinishi, yurak, o‘pkalar va taloqning lat yeb yorilishi oqibatida kelib chiqqan ichki qon yo‘qotishdan yuz bergani, mazkur jarohatlar 3-4 qavatdan yiqilishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkunligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosida B.F. joniga qasd qilgan xonadagi videoyozuvlar ko‘zdan kechirilganida, marhumning o‘zi derazadan pastga sakragani aniqlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari natijasiga ko‘ra, joriy yil 28 may kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

talaba

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing