“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga yangi rais tasdiqlandi

Jamiyat

image

Akbar Sultonov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 noyabr kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo tadbirkorlik sub’ektlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimiga Akbar Sultonov bir ovozdan tasdiqlandi. Shuningdek, uyushma kengashining yangi tarkibi saylandi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirishning maqsadli parametrlari ham tasdiqlandi. 2024 yilda charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard kvadrat detsimetr, poyabzal mahsulotlarini 205 million juftga, charm-attorlik mahsulotlarini esa 143 million donaga yetkazish choralari belgilandi. 2025 yilga kelib, bu ko‘rsatkichlar yanada oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Akbar Sultonov 2021 yil may oyidan buyon uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Uyushma raisi lavozimida esa 2020 yil aprel oyidan buyon Faxriddin Boboyev faoliyat yuritgan. U 2024 yil 18 mart kuni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Undan avval “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga Sardor Umurzoqov raislik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zcharmsanoat rais uyushma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing