Nurobod tumani hokimi koronavirusga chalingan

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairov koronavirusga chalinib, hozirda sog‘aygani haqida ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Men koronavirus infeksiyasidan sog‘aydim. Hozir o‘zimni juda yaxshi his etyapman. Ammo hali ham qayerda kasallikni yuqtirib olganimni tasavvur qila olmayapman. Shuni bildimki, hech kim koronavirusga e’tiborsizlik bilan qaramasligi kerak. Salomatlik va xavfsizlik mutlaq ustivor vazifadir. Shuning uchun barchamiz karantin qoidalari qat’iy rioya qilib, o‘zimiz, yaqinlarimiz sog‘lig‘ini asraylik. Birgalikda bu sinovli damlarni yengib o‘tamiz”, dedi tuman hokimi.

Ma’lumot uchun, Faxriddin Zairov koronavirusga chalingan yagona hokim emas. Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham koronavirusga chalingan. U Toshkentda davolanyapti.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalingan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing