“O‘zbekneftgaz” “zapravka”larida AI-92 benzini narxi tushdi   

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

UNG Petro benzin quyish shoxobchasi AI-92 uchun bahorgi chegirma e’lon qildi. Bu haqda UNG Petro matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bahorgi chegirma doirasida UNG Petro’da AI-92 benzini 7 500 so‘mdan sotiladi. Chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishi ta’kidlangan. Ammo qachongacha davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

UNG Petro “O‘zbekneftgaz”ga qarashli benzin quyish shoxobchalari tarmog‘i bo‘lib, unda AI-92 benzini uchun avvalgi narx 9 200 so‘m atrofida edi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati uzaytirilib, ushbu benzin narxi oshirilmaydigan bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin AI-92

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing