“O‘zbekneftgaz”ga qarashli qariyb 300 mln so‘mlik quvur va qora metallar talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
21 avgust 2020
5273Buxoro viloyatining Romitan tumanida “O‘zbekneftgaz” AJning hududiy boshqarma mas’ul xodimlari 297,8 mln so‘mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda boshqarmaga qarashli Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha javobgar shaxslari N.B. va B.U. jami 297,8 mln so‘mlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.larga nisbatanJinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi