O‘zbeklarning madrasa va masjidlari xitoyliklar tomonidan ta’mirlandi

Jamiyat

image

Turizm namoyish ob’ektlari xitoyliklar tomonidan restavratsiya qilindi. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning “Chinese academy of Cultural heritage” tashkiloti tomonidan Xiva shahar “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida joylashgan “Amir To‘ra” madrasasi, “Hasan Murod qushbegi” masjidi va “Zargarlar” ko‘chasining 500 metr ichkari yo‘lakida 9,5 mln AQSH dollari investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga rekonstruksiya va kayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

“Ichan-qal’a” majmuasining shimoliy qismida, aholi istiqomat qiladigan hududda “Amir To‘ra” madrasasi joylashgan. Ushbu madrasa 1870 yil Amir To‘raning akasi Muhammad Rahimxon II (1863- 1910) tomonidan qurilgan. 

Madrasaning asosiy old qismi sakkiz qirrali tokcha hamda ikki qavatli qanot arkli baland portal ko‘rinishida bo‘lib, old qismining qolgan baland devorlari ham ikki qavatlilik ko‘rinishini ifoda etadi.

“Hasan Murod qushbegi” masjidi XVIII asr oxiri XIX boshlarida Bog‘cha darvoza yaqinida qurilgan. Mazkur masjid aka-ukalar Xasan Murod qushbegi bilan birgalikda Niyoz otaliq tomonidan mahalla ichida bunyod qilingan. Masjidda bir ustunli yozgi ayvon va gumbaz bilan bostirilgan qishqi masjid bor. Eshiklari islomiy naqshlar bilan bezatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Turizm madrasa

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing