“O‘zbekkonsert”ga yangi rahbar tayinlandi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 10 iyun kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov olib bordi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 2017 yildan buyon Muassasaga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Abdug‘aniyevich Abduqahhorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Xudayberdiyevich Jamoldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Alisher Xudayberdiyevich Jamoldinov 1975 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999 yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan, xususan Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida fidokorona mehnat qilgan.

Alisher Jamoldinov 2018 yildan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Odiljon Abduqahhorov

Baholaganlar

380

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing