O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi tezlashadi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda bugun, 10  noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.

Vazir islohotlarning keyingi ustuvor yo‘nalishlarini sanadi:

•    qonun ustuvorligini ta’minlash;

•    sud-huquq tizimini yanada isloh kilish;

•    korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;

•    bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;

•    davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;

•    Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini jadallashtirib, uning to‘laqonli a’zosiga aylanish.

“Shuningdek, energetika, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni yanada kengaytiramiz”, deydi Xo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon savdo tashkiloti

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing