O‘zbekistonning yer osti boyliklari 3 trillion dollarga baholanmoqda – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
17 iyun 2963 1 daqiqa
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirlarini kengaytirish va sanoatni yangi texnologik bosqichga olib chiqish O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbarining qayd etishicha, O‘zbekiston oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa qator strategik xomashyo zaxiralariga boy mamlakat hisoblanadi. Mamlakat yer osti boyliklarining umumiy qiymati 3 trillion dollarga baholanmoqda.
Prezidentning ma’lum qilishicha, sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlar uchun yanada ochiq qilish maqsadida raqamli geologiya ma’lumotlari bazasi yaratiladi. Shuningdek, auksionga chiqariladigan konlar soni to‘rt baravarga oshiriladi.
Qayd etilishicha, “qazib olishdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirini shakllantirish maqsadida Toshkent va Samarqandda tashkil etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy sarmoyalar faol jalb qilinadi.
Shu bilan birga, mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika kabi iqtisodiyotning drayver tarmoqlarida umumiy qiymati 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish taklif etildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kapital bozorini yanada rivojlantirish va investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qilgandi.
Live
Barchasi