O‘zbekiston islom moliyasi bozoriga qadam qo‘yadi: sukuk dasturi ishga tushiriladi

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kapital bozorini yanada rivojlantirish va investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatda xalqaro kliring kompaniyalari faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu esa moliyaviy bozorlarning xalqaro tizim bilan integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, investitsiya manbalarini kengaytirish maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Prezidentning qayd etishicha, mazkur choralar mahalliy korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital jalb qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, xususiylashtirish jarayonlari doirasida joriy yilda 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk ob’ektlari, korxonalardagi davlat ulushlari va yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev mahalliy va xorijiy investorlarni mamlakatda yaratilayotgan ushbu yangi imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus huquqiy tartib joriy etilishini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing