O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi bo‘lishiga oz qoldi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2020
8864Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda YeIK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 4 sentyabr kuni YeIK kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Kengash a’zolari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining O‘zbekistonga YeOII qoshida kuzatuvchi-davlat maqomini berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqqan.
Xabarda ulog‘hida urg‘ulanishicha, ushbu masala yuzasidan yakuniy qaror ittifoq davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
YeIK majlisi to‘g‘risidagi ma’lumotda ta’kidlanishicha, biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti – Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoga O‘zbekistonda tashkilotda kuzatuvchi-maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha murojaat qilgan.
Rasmiy xabarda aytilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda. 2016-2019 yillarda O‘zbekiston va Ittifoq davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga o‘sib, 8,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo ulushi 30 foizni tashkil qilmoqda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmi esa 75 foizdan oshadi.
YeOII to‘g‘risidagi Shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari, qaror qabul qilish huquqisiz Ittifoq organlari yig‘ilishlarida taklifnoma asosida qatnashishlari va maxfiy xarakterga ega bo‘lmagan qabul qilingan hujjatlarni olish huquqiga egadirlar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi-davlat” maqomini olishi ma’qullangan edi.
LiveBarchasi