Prezident Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisini qabul qildi
Jamiyat
−
20:47 355 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekistonning kuzatuvchi davlat sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi barqaror o‘sib bormoqda, logistika aloqalari mustahkamlanmoqda.

Mamlakat ittifoqning savdo va yuk tashish sohalarini raqamlashtirish, elektron tijoratni rivojlantirish, iqlim masalalari kabi asosiy sohaviy dasturlarida faol ishtirok etmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan qo‘shma ishchi guruhning to‘rtta yig‘ilishi o‘tkazilgan. Texnik tartibga solish tizimlarini o‘zaro yaqinlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining to‘laqonli a’zosiga aylanib, kooperatsiya loyihalari portfeli shakllantirilgan.
Joriy yil yakuniga qadar ishchi guruhning navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Savdo to‘siqlarini qisqartirish, kooperatsiyani chuqurlashtirish, bojxona va transport tartib-taomillarini raqamlashtirishga qaratilgan yangi Hamkorlik rejasini qabul qilish muhimligi ta’kidlangan.
Live
Barchasi