O‘zbekistonning yana bir bokschisi Olimpiadani tark etdi

Sport

image

Boks bo‘yicha -81 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov nimchorak finalda imkoniyatni boy berdi. 

Xorazmlik bokschi asli kelib chiqishi kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Alfonso Domingesga qarshi ringga chiqdi va 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Osiyo chempioni va Jahon chempionati kumush medali sohibi hisoblangan xorazmlik bokschi shu tariqa Olimpiada bilan xayrlashdi.

U dastlabki bosqichda irlandiyalik Brennan Emmetni 5:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l olgan edi.

Avvalroq, -57 kg vazn toifasida Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov Tokio Olimpiadasining ilk davrasida Yevropa chempioni hisoblangan irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlarning qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokio Olimpiadasida Bahodir Jalolov, Fanat Qahramonov, Elnur Abduraimov, Bobousmon Boturov va Shahobiddin Zoirov o‘z yurishini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Dilshod Ro'zmetov Tokio-2021

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing