O‘zbekistonning Turkmanistonga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida CAFA Nations Cup 2025 musobaqasining A guruhi doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv davomida maydonga tushadigan O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup 2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar Toshkent va Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoalar 8 sentyabr kuni finalda to‘qnash keladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘yin soat 19:30 da boshlanadi. 5 sentyabr kuni esa jamoa Qirg‘izistonga qarshi to‘p suradi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Ummon jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgandi. Bahs 30 avgust kuni “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tgan va durang, ya’ni 1:1 hisobda yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jarohat olgani sabab CAFA Nations Cup turnirida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya CAFA Nations Cup 2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing