Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd dollarga yetdi

Jamiyat

−

image

Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 foizga oşib, 65,4 milliard dollarni taşkil etdi. Biroq eksport 5,5 foizga kamaygan, import esa 15,7 foizga ösgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasining 28 oktyabrda e’lon qilingan hisobotida keltirilgan.

Hisobotga köra, yanvar–sentyabr oylarida eksport hajmi 25,8 milliard dollarni taşkil etgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 5,5 foiz kam. Import esa 15,7 foizga ösib, 39,6 milliard dollarga yetgan. Natijada taşqi savdo balansida 13,7 milliard dollarlik manfiy saldo qayd etilgan. Ötgan yilning şu davrida uşbu körsatkiç 6,9 milliard dollar bölgan.

Şu bilan birga, oltin hisobga olinmagan holda tovarlar eksporti 31,6 foizga ösib, 13,3 milliard dollarga yetgan. Nomonetar oltin eksporti esa 2025 yilning yanvar–sentyabr oylaridagi 9,8 milliard dollardan joriy yilda 2,8 milliard dollargaça kamaygan.

Xitoy Özbekistonning eng yirik taşqi savdo hamkori bölib qolmoqda. Hisobot davrida ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 15,2 milliard dollarni taşkil etgan. Keyingi örinlarda Rossiya — 10,5 milliard dollar, Qozoğiston — 4,3 milliard dollar, Turkiya — 2,2 milliard dollar va Afğoniston — 1,6 milliard dollar qayd etilgan.

Eksport tarkibida xizmatlar hajmi 9,7 milliard dollarga yetgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 31,1 foiz köp. Xususan, turizm xizmatlari eksporti 5,3 milliard dollar, transport xizmatlari eksporti esa 2,9 milliard dollarni taşkil qilgan.

Import tarkibida eng katta uluş maşina va transport uskunalari hissasiga töğri kelgan — 12,9 milliard dollar. Şuningdek, 5,8 milliard dollarlik sanoat tovarlari, 4,8 milliard dollarlik kimyoviy mahsulotlar va 4,2 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing