O‘zbekistonning tashqi qarziga yana milliardlar qo‘shildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2020
18373O‘zbekistonning davlat qarzi yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 20,8 milliard dollar ekvivalenti yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etgan. Bu haqda Moliya vazirligining 2020 yil III choragi bo‘yicha O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida keltirib o‘tilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida davlat tashqi qarzi 2,8 milliard dollar yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 18,5 milliard dollarga yoki yalpi ichki mahsulot xajmiga nisbatan 32,8 foizga yetgan.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, shundan:
• Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 12,7 milliard dollar;
• Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,8 milliard dollar.
Davlat ichki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 23,6 trillion so‘m (2,3 milliard dollar) yoki yalpi ichki mahsulot xajmiga nisbatan 4 foizni tashkil etgan.
Shundan:
• Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,7 trillion so‘m (0,4 milliard dollar);
• Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,9 trillion so‘m (1,9 milliard dollar).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yilda O‘zbekistonning jami davlat qarzi 28,4 milliard AQSH dollariga yetishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi