O‘zbekistonning tashqi qarzi necha milliard dollarga yetgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
2021 yilda davlat qarzini ko‘paytiruvchi asosiy omillar ma’lum qilindi north_east

2021 yilda davlat qarzini ko‘paytiruvchi asosiy omillar ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi umumiy tashqi qarzining hajmi 2020 yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd. dollarga oshgan holda, 2021 yil 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

2020 yilda davlat tashqi qarzining sof o‘sishi, kurslar va narxlar o‘zgarishini inobatga olganda, 5,5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu o‘sish asosan yangi qarzdorliklarning jalb qilinishi va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi bilan izohlanadi. Xususiy qarzdorlik 3,7 mlrd. dollarga oshib, asosan banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2020 yilda xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 5,5 mlrd. dollar miqdorda qarzdorlik jalb qilindi. Ushbu qarzlarning – 4,3 mlrd. dollari asosan banklar hissasiga to‘g‘ri kelsa, neft-gaz va energetika sektoridagi korxonalar – 211,8 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari tomonidan – 984,0 mln. dollar jalb qilingan.

Shuningdek, hisobot davri mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 651,3 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 380,2 mln. dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi qarz

Baholaganlar

571

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing