2021 yilda davlat qarzini ko‘paytiruvchi asosiy omillar ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 40,4 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Moliya azirligi davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillarni sanab o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 4,4 mlrd dollarga oshgan;

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 1,0 mlrd dollarga oshgan;

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida imzolangan ichki qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 0,5 trln so‘mga oshgan;

5 024,0 mlrd so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hamda 2 320 mlrd so‘mga teng ichki qarzdorlik so‘ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘i 2 704,0 mlrd so‘mga oshgan.

Qayd etilishicha, davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YAIMga nisbatan – 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan – 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing